Ispaniyaning Seuta shahrida istiqomat qiluvchi Suli ismli 24 yoshli yigit Ibitsa orolida Messi bilan suratga tushishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “Sports.ru” blogerlaridan biri hikoya qiladi.
Aytilishicha, futbol ishqibozi dastlab Krishtianu Ronaldu bilan suratga tushmoqchi bo‘lgan, ammo futbolchi unga e’tibor qaratmagan. Shunda Suli suvda bir kilometr suzib o‘tib, Messining yaxtasiga yaqinlashgan. Messi uni bortga chaqirib, sharbat bilan mehmon qilgan. Ular 20 daqiqacha suhbatlashib, suratga tushgan.
Messi Sulining ortga qaytishi uchun o‘z transportini taklif qilgan, lekin yigit bundan bosh tortib, suzib qaytib ketgan.
Izoh (0)