Shu yilning 15–16-iyul kunlari Toshkent shahridagi xalqaro biznes markazida Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi (AIBA) Ijroiya qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
AIBA tashkilotining O‘zbekistonda birinchi marotaba o‘tkazilgan yig‘ilishida mintaqalarda boksni rivojlantirish va mamlakatlar boks federatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida O‘zbekiston boks federatsiyasi vitse-prezidenti Sherzod Toshmatov bir ovozdan AIBA Ijroiya qo‘mitasining teng huquqli a’zosi sifatida qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, AIBA prezidenti Ching-Kuo Vu O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Prezident Islom Karimov qabulida bo‘lib, O‘zbekiston Prezidentiga “Xizmatlari uchun” ordenini topshirdi.
Izoh (0)