Qozog‘istonning Olmaota shahrida huquq-tartibot idoralariga hujum qilgan jinoyatchi dastavval sudyalar va prokurorlarni o‘ldirishni rejalashtirgan ekan. Bu haqda 19-iyul kuni hukumat majlisida mamlakat ichki ishlar vaziri Qalmuxanbet Qosimov ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Kecha u dastlab Olmali tuman sudi binosi oldiga kelgan. Uning ryukzagida qurol bo‘lgan. U yerda jinoyatchi birinchi galda sudyalar va prokurorlarni o‘ldirishga uringan. 30–40 daqiqa kutib, hech kimni topolmagach, u sud binosidan 200 metr naridagi Olmali IIB tomonga borgan”, — dedi Qosimov.
Eslatib o‘tamiz, Olmaotada sodir bo‘lgan otishma qurbonlari soni olti kishiga yetdi.
Izoh (0)