Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Instagram sahifasida muxlislari uchun videoxabar qoldirdi, deb xabar berdi “Chempionat”.
“Hammaga salom! Men shunchaki muxlislarimga minnatdorchilik bildirishni istagandim. Ularga aytmoqchimanki, jarohatimdan yanada kuchliroq bo‘lib qaytaman. Rahmat Sizga! Olg‘a Portugaliya”, — deb ta’kidlagan Ronaldu.Krishtianu Ronaldu Yevro—2016 finalidan joy olgan Fransiyaga qarshi bellashuvda jarohat olib, bir necha haftaga safdan chiqqandi. So‘nggi ma’lumotga ko‘ra u Ispaniya La Ligasining 11-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan 3-turidagina safga qaytishi mumkin. Orada Krishtianu “Real”ning 2 ta, Portugaliyaning esa JCh—2018 yo‘lidagi 1 ta o‘yinini qo‘yib yuboradi.
Izoh (0)