Gvatemalada “Pavon” nomli qattiq tartibli jazo o‘tash muassasasida bo‘lib o‘tgan g‘alayon oqibatida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi, yana 18 nafari jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, tartibsizlikni boshlagan mahbuslar muassasaning bir nechta xonalarini ushlab turishda davom etib, politsiya xodimlarining u yerga kirishiga yo‘l qo‘ymayapti.
Mamlakatning eng mashhur mahbuslaridan biri, Qurolli kuchlarning sobiq kapitani Biron Lima ham tartibsizliklar oqibatida halok bo‘ldi. U 1998-yili yepiskop Xuan Xerardining joniga qasd qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilingandi.
2015-yilda ushbu jazoni o‘tash muassasasida bo‘lib o‘tgan tartibsizlikda 20 kishi halok bo‘lgandi.
Izoh (0)