Braziliya sudi mamlakatning telefon operatorlariga politsiya tergovi uchun ma’lumot taqdim etishdan bosh tortgan WhatsApp messenjerini bloklab qo‘yish haqida ko‘rsatma berdi. Bu haqda “Interfaks” xabar qilmoqda.
Sud vakilining AFP’ga ma’lum qilishicha, WhatsApp butun mamlakat hududida bloklab qo‘yiladi.
19 betli sud qarorida aytilishicha, agarda Facebook kompaniyasiga tegishli messenjer sud talablariga ko‘nmasa, kuniga 50 ming real (15 ming dollar) miqdorida jarimaga tortiladi.
Braziliyada messenjer ilgari ham bloklangan edi.