Xitoyda yangi temiryo‘l rekordi o‘rnatildi, deb yozadi “Sinxua” agentligi.
Bu yerda parallel temiryo‘l liniyalarida bir-biriga qarab harakatlanayotgan ikkita tezyurar poyezd soatiga 420 km yoki soniyasiga 117 metr tezlikda yonma-yon o‘tib ketdi. Bungacha dunyo temiryo‘l transporti tarixida bunday tajriba bo‘lmagan.
Eksperiment Chjenchjou (Xenan provinsiyasi)—Syuychjou (Szyansu) avtomobil yo‘lida Xitoyda loyihalashtirilgan va tayyorlangan CRH seriyasidagi ikki poyezd ishtirokida bo‘lib o‘tdi.