Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni qo‘riqlagan maxsus topshiriqli otryad to‘ntarishga urinish chog‘ida turk yetakchisi hozir bo‘lgan mehmonxonani qo‘lga olishga urinishni barbod qilgan. Bu haqda 17-iyul, yakshanba kuni Al Jazeera telekanali ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Turkiya hukumati ixtiyorida bo‘lgan fitna ishtirokchilari yozishmalariga ko‘ra, Erdo‘g‘onni qo‘riqlagan maxsus otryad davlat rahbari joylashgan Marmarisdagi mehmonxonani qo‘lga olishga urinishni barbod qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Fitnachilarning yozishmasida Turkiyada amalga oshmagan to‘ntarishning bosh tashkilotchisi mamlakat Harbiy-havo kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni Akin O‘zturk ekanligi tasdiqlangan. Shuningdek, isyonchilar g‘alaba qozongan taqdirda mamlakat hukumati 80 kishi o‘rtasida taqsimlanishi ta’kidlangan.
Izoh (0)