Xitoy Surep Ligasining 17-turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov gol urishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar berdi “Championat.asia”.
Ismoilov to‘p suradigan “Chanchun Yatay” klubi o‘z maydonida Osiyo Chempionlar Ligasining ikki karra g‘olibi “Guanjou Evergrand”ni qabul qildi. Luis Felipe Skolari murabbiyligidagi jamoaga qarshi bellashuvning 29-daqiqasida hisob o‘zbekistonlik futbolchi tomonidan ochildi.
“Chanchun Yatay” o‘yin yakuniga qadar hisobni ushlab qola olmadi. 82 va 83-daqiqada dubl qayd etgan Jeng Long “Guanjou Evergrand”ga g‘alaba taqdim etdim.
18-turdan keyin Anzur Ismoilov to‘p surayotgan “Chanchun Yatay” Xitoy Super Ligasida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Skolari boshchilik qilayotgan jamoa esa eng yaqin ta’qibsichini 13 ochko ortda qoldirib, peshqadamlikni hech kimga bermayapti.
Anzur Ismoilov va Luis Felipe Skolari Toshkentning “Bunyodkor” klubida birga faoliyat olib borgan.
Izoh (0)