O‘nta mamlakatning aksildoping boshqarmasi va sportchilarning 20 ta guruhi vakillari Rossiyaning barcha terma jamoalari Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlaridan chetlatilishini talab qilmoqda. Bu haqda 16-iyul, shanba kuni New York Times gazetasining elektron versiyasi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.
“Kamida o‘nta mamlakatning aksildoping boshqarmasi va sportchilarning 20 ta guruhi vakillari davlat doping dasturi bo‘yicha ayblov munosabati bilan Rossiyaning butun delegatsiyasini yozgi Olimpiada o‘yinlaridan chetlatishni talab qilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Maqolada ta’kidlanishicha, gap AQSh, Germaniya, Ispaniya, Yaponiya, Shveysariya va Kanadaning aksildoping boshqarmalari haqida ketmoqda.
Rossiyani chetlatish tarafdorlari 2014-yilgi Sochi Olimpiada o‘yinlaridagi davlat doping dasturi bo‘yicha ayblov yuzasidan surishtiruv o‘tkazilishini kutmoqda.
Izoh (0)