Turkiyadagi davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinish tufayli Yaponiya hukumati huzurida axborot to‘plash bo‘yicha favqulodda markaz ish boshladi. Bu haqda, NHK telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Mo‘g‘ulistonda rasmiy safar bilan bo‘lib turgan Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe hukumat bosh kotibi Yosixide Suga boshqa davlatlar bilan hamkorlikda axborot to‘plashi, shuningdek, Turkiyadagi Yaponiya fuqarolari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ish olib borishi yuzasidan ko‘rsatma berdi.