O‘zbekiston olcha yetishtirish bo‘yicha jahonda beshinchi o‘rinda turadi. Bu haqda World Atlas nashri ma’lum qildi.
Portalda jahon miqyosida olcha yetishtirilishiga bag‘ishlangan kengaytirilgan material e’lon qilindi. Maqolaning statistik qismida keltirilgan javdal va diagrammalarga ko‘ra, olcha yetishtirish bo‘yicha birinchi o‘rinda Turkiya turadi — yiliga 494325 tonna. Kuchli uchlikka, shuningdek, AQSh (301205) va Eron (200000) kiradi.
O‘zbekiston yiliga 100000 tonna ko‘rsatkich bilan beshinchi o‘rinda turibdi. U yiliga 131175 tonna olcha yetishtiradigan Italiyadan ortda qolmoqda.