“Jabhat an-Nusra” guruhi va boshqa ekstremistik guruhlar terrorchilari yana Aleppo shahrini (Damashqdan 360 kilometr masofada) raketa va minomyotdan o‘qqa tutdi. Bu haqda 14-iyul, payshanba kuni SANA axborot agentligi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Agentlikning ma’lum qilishicha, Ash-Shaxba tumanida ikki kishi halok bo‘lgan va yetti kishi yaralangan. Sayf-ad-Davlya va Az-Zahro kvartallarida ham jabrlanganlar bor ekanligi haqida ma’lumot berildi. Bir nechta snaryad shahar markazidagi Milliy muzeyning binosiga kelib tushgan.
“Muzeyning tomi va uchta devori, binoning kirish qismi va xizmat xonalariga zarar yetgan. Eksponatlarning asosiy qismi joylashgan ichki zallarga zarar yetmagan. Xodimlardan hech kimga zarar yetmagan”, — dedi Qadimiy yodgorliklar va muzeylar departamentining mahalliy filiali rahbari Holid Masriy.
Izoh (0)