2015-yilning boshida Nukus vokzalini qayta rekonstruksiya qilish ishlari boshlab yuborilgan edi. O‘tgan davr mobaynida vokzalda qurilish brigadalari tomonidan qayta ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Ayni kunlarda naqqoshlar va usta-hunarmandlarning mehnati evaziga bu yerda qurilishning so‘nggi ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda, deb xabar beradi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati.
Yangi zamonaviy inshootda yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklar yaratilmoqda. Jumladan, xavfsizlik talablariga to‘la javob beradigan tejamkor yoritish tizimlaridan foydalanildi. Qo‘shimcha yangi chiptaxona bunyod etildi. Vokzalda, shuningdek, ona va bola xonasi, ovqatlanish va boshqa turli xil shoxobchalar mavjud. Tibbiyot punkti va mehmonxona ham yangi zamonaviy jihozlar hamda uskunalar bilan ta’minlanmoqda. Bundan tashqari, vokzalning kutish zalida mo‘tadil haroratni saqlaydigan maxsus uskunalar o‘rnatilishi ham ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)