KXDR AQShga tegishli “Ogayo” atom suv osti kemasining Janubiy Koreyadagi Pusan shahri portiga kirishini keskin qoraladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Shimoliy Koreya TIV vakilining 15-iyul, juma kuni tarqatilgan bayonotida aytilishicha, Vashington Koreya yarim oroli janubiga “hujumkor yadroviy qurollarni tashlamoqda”, bu esa AQSh va KXDR o‘rtasidagi munosabatlarni va umuman mintaqadagi vaziyatni yanada keskinlashtirib yubormoqda.
Shuningdek, diplomat iyun oyida Janubiy Koreyaga “Missisipi” atom submarinasi hamda B-52 strategik bombardimonchilari tashlanganini eslatib o‘tdi.
U AQShning “xalq respublikasi oliy rahbariyati or-nomusiga teguvchi” sanksiyalarini tanqid ostiga olib, bunday sharoitda “KXDR yadroviy salohiyatini oshirishda davom etishi”ni ma’lum qildi.
Izoh (0)