15-iyul, juma kuni neft narxlari, Xitoy ma’lum qilgan ijobiy statistik ma’lumotlarga qaramasdan, pasaymoqda, deb yozadi “Interfaks”.
Londonning ICE Futures birjasida Brent neftining sentabr shartnomasi 0,7 foizga — barreliga 47,09 dollargacha arzonlashdi.
WTI neftining avgustdagi fyuchersi narxi Nyu-York tovar birjasi (NYMEX)ning elektron savdolari chog‘ida 0,6 foizga — barreliga 45,39 dollargacha pasaydi.
Dunyoda neft iste’moli bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi Xitoy yalpi ichki mahsuloti ikkinchi chorakda yillik ifodada 6,7 foiz darajasida qoldi (aslida 6,6 foiz ko‘rsatkich kutilgan edi).