Braziliya politsiyasi Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlari chiptalarini ularning rasmiy narxidan bir necha marta qimmatga qayta sotayotgan katta jinoiy guruhni fosh etdi. Bu haqda, 14-iyul, payshanba kuni Globo gazetasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Nashrning ma’lum qilishicha, huquqni muhofaza qilish organlari Rio-de-Janeyro, San-Paulu, Parana, Seara va Riu-Grandi-du-Norti shtatlarida istiqomat qiluvchi 27 kishiga nisbatan ayblov e’lon qilgan. Yana 50 nafar gumonlanuvchiga nisbatan surishtiruv olib borilmoqda.
Jinoiy guruh ishtirokchilari Olimpiadaning eng ommabop musobaqalari — futbolning yarim final va final uchrashuvlari, voleybol, yengil atletika, shuningdek, o‘yinlarning ochilish va yopilish marosimlariga ko‘p miqdorda chiptalar xarid qilgan. So‘ng ularga xaridorlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali qidirgan.
Politsiya ma’lumotlarga qaraganda, rasmiy qiymati 200 dan 4,6 ming realgacha (61,5 dan 1 415 dollargacha) bo‘lgan Olimpiadaning ochilish marosimi chiptasini olibsotarlar 38 ming realga (11,69 ming dollar) sotib olishni taklif qilgan. Jinoyatchilarning aybi isbotlangan taqdirda, ularga bir yildan ikki yilgacha qamoq jazosi xavf solmoqda.
Izoh (0)