Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan Moskvaning “Lokomotiv” klubi o‘rtoqlik o‘yinida “Loryan” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Fransiya klubiga qarshi o‘yinni jarohatini davolayotgan o‘zbekistonlik futbolchi Vitaliy Denisov tomoshabin sifatida kuzatdi.
“Lokomotiv” Tarasovni Putin surati tushirilgan futbolkasi uchun 300 ming yevro jarimaga tortdi
Qodirov: “Terek” futbol klubi Tarasovni “Lokomotiv”dan jarimasi bilan birga sotib olishga tayyor
UEFA Putin tasviri bor libos kiygan futbolchi Dmitriy Tarasovga 5 ming yevro jarima soldi
Tarasov: Yutishni xohlagandek, lekin o‘yin oxirida xushyorlikni yo‘qotib, keraksiz gol o‘tkazib yubordik. Sen o‘yinni ko‘rdingmi?Denisov: Ha.Tarasov: Nima deysan?Denisov: To‘pni yaxshi nazorat qildik va yaxshi vaziyatlar yarata oldik. Ikkinchi golni ham urishimiz mumkin edi...Tarasov: Ishlashimiz kerak bo‘lgan jihatlar bor, to‘g‘rimi?Denisov: Ha, sergalikni biroz yo‘qotib qo‘ydik.Tarasov: Biz ko‘p vaziyatlar yaratdik, biroq ularni muvaffaqiyatli yakunlash yetishmayapti. Buning ustida mavsum boshlangunga qadar ishlaymiz.Denisov: Hali vaqt bor.Tarasov: Men esa umid qilamanki, chap tomonimda turgan futbolchi tezroq maydonga qaytadi va bizga yordam beradi. Senga sog‘liq tilayman. Biz hammamiz seni kutmoqdamiz.Denisov: Rahmat! Endi o‘pib ham qo‘y!
Izoh (0)