Rossiya mudofaa vazirligi oxirgi ikki kun ichida Tu-22M3 olis masofali bombardimonchilari tomonidan Suriyadagi IShID marralari bo‘ylab ikkinchi marta aviazarbalar amalga oshirilganini ma’lum qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Samolyotlarning nishonlari, oldingiday, Palmiradan sharqroqda, shuningdek, as-Suxna va Arak shaharlarida joylashgan edi.
Hujum natijasida IShID jangarilariga tegishli boshqaruv punkti, dala lageri, ikkita neftni qayta ishlash punkti, katta miqdorda jonli kuch va texnika birliklari yo‘q qilingani aytilmoqda.
Har bir Tu-22M3 12 tonna harbiy og‘irlik ko‘tarishga qodir; bombardimonchining jangovar radiusi — 2400 kilometr.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.