Tayvan patrullik qilish va razvedka ishlarini olib borish uchun o‘zining kemalari va samolyotlarini Janubiy Xitoy dengizi hududiga jo‘natishda davom etadi. Bu haqda orol mudofaa vazirligi Gaaga sudining Janubiy Xitoy dengizi borasidagi qaroriga bergan izohida ma’lum qildi, deb “TASS” xabar bermoqda.
Tayvan ma’muriyati sud qarorini tan olmasligi va o‘z mustaqilligi, qonuniy huquqlari va Janubiy Xitoy dengizi manfaatlarini himoya qilishini ma’lum qildi. Tayvan hukumati sud qarorining bahsli Spartli arxipelagi, shu jumladan, o‘z nazorati ostidagi 46 gektarli Taypin (Itu-Aba) orolini “marjon qoyalar” turkumiga kiritilishidan ayniqsa norozilik bildirdi.
Qayd etish joiz, Gaaga sudi XXR Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli hududlarga nisbatan “tarixiy huquqqa” ega emas deb qaror chiqardi.
Izoh (0)