O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tishni rejalashtirmagan. Bu haqda O‘FFning Telegramdagi kanalida ma’lumot berildi.
“O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayanning muloqot tarmoqlarida akkaunti yo‘q va yaqin orada ham ochishni rejalashtirmagan”, — deb yozildi kanalda.
Samvel Babayan facebook, vkontakte kabi ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tmagan, murabbiy Twitter mikroblogidan ham foydalanmaydi. O‘FF xabariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasini JCh—2018 uchun tayyorlayotgan mutaxassis O‘zbekistonda ommabop bo‘lgan Telegram, Whatsapp kabi muloqot tarmoqlaridan ham akkauntiga ega emas.
Izoh (0)