“Al-Qoida” terrorchi guruhining dala komandirlaridan biri Liviya shimolidagi Ajdabiya shahri yaqinida hukumat harbiy-havo kuchlari zarbalari natijasida o‘ldirildi. Bu haqda, “as-Sumariya” telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, dala komandiri Ibrohim ash-Shayx shahar sharqidagi ar-Raqta tumanida o‘ldirilgan. Hujum chog‘ida uning yonidagi besh nafar jangari ham yo‘q qilingan.
Ibrohim ash-Shayx “al-Qoida”ning Bengazi shahri yaqinida joylashgan brigadalaridan biriga boshchilik qilgani ma’lum.
Izoh (0)