Iroq prezidenti Fuad Ma’sum terrorchilik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan qatlga hukm qilinganlar ro‘yxatini tasdiqladi. Bu haqda, Al Hadas agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, prezident tomonidan ma’qullangan ro‘yxatga kirgan mahbuslarning o‘lim hukmi tez orada ijro etiladi. Ro‘yxat necha ismdan iboratligi ma’lum emas.
4-iyul kuni mamlakat bosh vaziri Haydar al-Abadiy terrorchilikda ayblanib o‘lim jazosiga mahkum qilinganlarning qatl hukmini darhol ijro etish yuzasidan ko‘rsatma bergan edi. Farmon adliya vazirligiga topshirildi. Bu chora mamlakatda ikki kun muqaddam amalga oshirilgan teraktlar munosabati bilan amalga oshirildi.
Izoh (0)