Hindiston shimolidagi Jammu va Kashmir shtatida ichida ziyoratchilar bo‘lgan avtobus daraga quladi. Kamida 3 kishi halok bo‘ldi, yana 22 nafari jiddiy jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mahalliy huquq-tartibot xodimlarining ma’lum qilishicha, hodisa 12-iyul kechasi, Jammu – Srinagar shossesida, Bijbixar shahri yaqinida sodir bo‘ldi. Haydovchi trassaning murakkab qismida avtobusni boshqara olmadi va u 70 metr balandlikdan daraning tubiga quladi.
Avtobus haydovchisi va old o‘rindiqda o‘tirgan yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi. Jarohat olgan ziyoratchilardan biri shifoxonaga yo‘l olayotganda jon berdi.
Qolgan yo‘lovchilar shifoxonaga yetkazildi. Ulardan 5 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.
Izoh (0)