Dog‘istonda yo‘lovchi avtobusi va KamAZ ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi oqibatida to‘qqiz kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda, mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Avariya 13-iyulga o‘tar kechasi Dog‘istonning Talovka aholi punkti yaqinidagi Tarumovskiy tumanida yuz bergan. 33 nafar yo‘lovchisi bilan Derbentdan Anapaga yo‘l olgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Yo‘l-transport hodisasiga yo‘lovchi avtobusining KamAZdan ajralib ketgan tirkamaga urilishi sabab bo‘lgan.
Dastlab yetti kishining qurbon bo‘lganligi haqida ma’lum qilingan edi. Biroq yana ikki kishi shifoxonada halok bo‘lgan. Dog‘iston IIV 27 kishining jabrlanganligi haqida ma’lum qildi.
Izoh (0)