Muhammad Ali nomi bilan mashhur amerikalik afsonaviy bokschi Kassius Kley o‘z ismini rasman o‘zgartirmagan bo‘lib chiqdi. Bu haqda “TASS” USA Today nashriga asoslanib xabar berdi.
Muhammad Ali Arizona shtatining Finiks shahridagi shifoxonaga yetkazilganidan keyin, aniqrog‘i, shu yilning 3-iyun kuni 74 yoshida olamdan o‘tgandi. U 32 yil davomida Parkinson kasalligidan aziyat chekdi. 10-iyun kuni Muhammad Ali o‘zi tug‘ilib o‘sgan Kentukki shtatidagi Luisvill shahriga dafn etildi.1964-yil Islomni qabul qilgan va o‘zini Muhammad Ali deya tanishtirgan bokschi ismini rasman o‘zgartirgani borasida jurnalistlar hech qanday hujjat topa olmagan.
“1964-yillarda ijtimoiy ta’minot boshqarmasi arizachilardan ism-sharif yoki uning o‘zgartirilishi bo‘yicha rasmiy hujjat talab qilmagan. Shaxsning ijtimoiy kartochkasidagi ismi uning xohishiga ko‘ra muhrlangan”, — deb ta’kidladi boshqarma vakili Roksan Uilyamson.Professional faoliyati davomida Ali 61 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, shularning 56 tasini raqiblarini mag‘lub etgan, janglarning 37 tasini nokaut bilan yakunlagan. Uning ismi professional boks ramzi bo‘lib qoldi. 1999-yilda esa Muhammad Ali “asr sportchisi” deya tan olindi.
Izoh (0)