So‘nggi hafta ichida meksikalik mutaxassislar tomonidan Zika virusiga chalinish bilan bog‘liq 100 dan ortiq yangi holatlar aniqlandi. Bu haqda Meksika Sog‘liqni saqlash vazirligi 11-iyul, dushanba kuni ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Zika virusiga eng ko‘p chalinganlar – mamlakatning janubiy shtatlari Chyapas va Oaxakada yashovchi aholining mos ravishda 297 va 204 nafarida aniqlandi.
Qayd etilishicha, 365 nafar homilador ayolga Zika bezgagi taxshisi qo‘yildi. Ularning o‘zlari va farzandlarida qandaydir patologiya bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumotlar e’lon qilinmadi. Bezgakka chalingan homilador ayollarning bir qismi sog‘lom farzandlarni dunyoga keltirdi. Ularning barchasi 2 yoshga yetguniga qadar maxsus nazorat ostida bo‘ladi.
Amerikalik va braziliyalik mutaxassislarning ma’lum qilishicha, Zika virusi homilaning bosh suyagi sezilarli darajada kichiklashishiga, shuningdek, Giyena-Barre sindromi – og‘ir ruhiy asoratlarga olib kelishi mumkin.
Zika, denge va chikungunya bezgaklarini Aedes aegypti chivinlari olib yuradi. Meksika hukumati aholini ushbu chivinlarning chaqishidan saqlanishini va ularning ko‘payish joylarini yo‘q qilishga chaqirdi. Ekspertlarning fikricha, Zika virusiga qarshi vaksinani yaqin uch yil ichida kutmasa ham bo‘ladi.