Suriya arablari koalitsiyasi bir necha reydlar davomida IShID terrorchi guruhiga tegishli 10 mingdan ortiq hujjatni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Dastlabki tahlil natijalari AQSh maxsus xizmatlariga guruhning tashkiliy tuzilmasi, strukturasi, teraktlar uyushtirish rejalari haqida ko‘proq tasavvurga ega bo‘lish imkonini berdi.
Hujjatlar orasida tashviqiy adabiyotlar, qo‘llanmalar, xaritalar, mobil telefonlar va portativ kompyuterlar mundarijasi bor. Bu ma’lumotlar o‘rganib chiqilmoqda.
Hujjatlardan, shuningdek, IShIDning xorijdan jangarilar jalb qilish tizimi va G‘arb davlatlarida teraktlar uyushtirish rejalari haqida ma’lumotlar olishga erishildi. Diversiya nishonlari sifatida asosan aeroportlar va savdo markazlari ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)