Benevento va Neapol orasida, Martorano tog‘ daryosi qirg‘og‘ida g‘aroyib va xushmanzara shahar joylashgan. Uning nomi, u yerdagi manzaralar kabi, juda go‘zal — Sant’Agata-de’-Goti. Tarixiy va tabiiy obidalarga boy shaharcha turistlar orasida katta shuhratga ega. Aslida obidalarni qidirmay, shahar ko‘chalarida kezib chiqishning o‘zi ham kishida bir olam taassurot qoldiradi. Shahar haqda Travel Ask hikoya qiladi.
Sant’Agata-de’-Goti shahri nihoyatda qadimiy tarixga egaligi ko‘pchilik tarixchilar tomonidan e’tirof etiladi, ammo, shu bilan birga, u qachon paydo bo‘lgani haqida yagona fikr yo‘q. Olimlar hattoki uning nomi qanday vujudga kelgani borasida bir to‘xtamga kelgani yo‘q. Bir taxminga ko‘ra, shahar nomining ikkinchi qismi — de’-Goti — got qabilasi bilan bog‘liq bo‘lib, go‘yoki aynan gotlar bu yerda ilk qal’ani barpo etgan. Ikkinchi taxmin nomni mintaqada XIV asrda hukmronlik qilgan gaskonlik De Gotlar oilasi bilan bog‘laydi.
Shahar nomining birinchi qismi — Sant’Agata esa VI asrda paydo bo‘lgan.
Fotosuratda aks etgan tog‘ni tashqi ko‘rinishi tufayli ba’zi olimlar qadimgi piramida qoldig‘i deb hisoblab, u yerda qazilma ishlari olib borishni taklif qilgan edi.
Sun’iy yo‘ldoshdan olingan suratda esa tepalik piramidaga mutlaqo o‘xshamaydi.
2012-yilda Sant’Agata-de’-Goti Italiyaning eng chiroyli kichik shaharlari ro‘yxatiga kiritildi. Bundan tashqari, Italiya turistik klubi shaharga “To‘q qizil bayroq” sifat sertifikatini taqdim etdi.
Izoh (0)