Mazda kompaniyasi Isuzu Motors bilan yangi pikap ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Motor xabar bermoqda.
Kelishuvga binoan, Isuzu Mazda uchun uning brendi ostida o‘z D-Max pikapining keyingi avlodini ishlab chiqaradi. Ayni paytda Mazda Ford Ranger asosiga qurilgan 2015-yilgi BT-50 pikapini sotmoqda, shu bois yangi pikap 2018–2019-yillarda bozorga chiqarilishi kutilmoqda.
Hozirgi Mazda BT-50 160 ot kuchiga ega 2,2 litrli turbodizel va 200 ot kuchiga ega 3,2 litrli benzinli dvigatel bilan sotilmoqda. Agregatlar olti bosqichli mexanik yoki avtomat transmissiyalar bilan uyg‘unlikda ishlashi mumkin.
Isuzu D-Max esa 163 ot kuchiga ega 2,5 litrli dizel bilan jihozlangan. O‘tkazmalar qutisi — olti bosqichli mexanik yoki besh bosqichli avtomat transmissiya.