Isroillik advokat Facebook kompaniyasini Falastinning “XAMAS” guruhiga yordam berishda ayblab sudga shikoyat qildi. Advokat ijtimoiy tarmoqdan 1 milliard dollar miqdorida tovon puli talab qilmoqda, deb xabar beradi “RBK”.
Da’vo arizasi 10-iyul kuni Nyu-York Janubiy okrugining federal sudiga kiritildi. Ariza isroillik advokat Nitsana Darshan-Leytner tomonidan yo‘llandi.
Advokatning fikricha, ekstremistlar to‘rt AQSh fuqarosi halok bo‘lgan teraktni uyushtirishda ijtimoiy tarmoqdan foydalangan.
“Facebook ‘XAMAS’ga onlayn-platforma va ijtimoiy tarmoq aloqa xizmatlari shaklida moddiy yordam va resurslarni qasddan taqdim etgan”, — deyiladi da’vo arizasida.
“‘XAMAS’ Facebook’dan terrorchilik faoliyatini yuritishda qurol sifatida foydalangan”, — deb qo‘shimcha qilinadi hujjatda.
Izoh (0)