Rossiyaning “Sogaz” sug‘urta kompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari Nikolay Galushin Suriyada halok bo‘lgan uchuvchilarning qarindoshlari 2,3 million rubl miqdorida sug‘urta puli olishini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga qaraganda, mamlakat mudofaa vazirligining barcha harbiy xizmatchilari sug‘urtalangan bo‘lib, davlat shartnomasi asosida har bir kishiga 2,3 million rubl badal belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, 8-iyul kuni Suriyaning Palmira shahri hududida ikki rossiyalik uchuvchi halok bo‘ldi.
Izoh (0)