Yevropa chempionati finali arafasida “Sport ekspress” nashri o‘yin ishtirokchilari — Portugaliya va Fransiya terma jamoalari asosiy tarkiblarining narxini qiyoslab ko‘rdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Fernande Santush jamoasi 253,5 million yevroga, Didye Desham jamoasi esa 300 million yevroga baholanadi.
Portugaliyaning eng qimmat o‘yinchisi Krishtianu Ronaldu bo‘lib, u 110 million yevro turadi. Fransiyada bu ko‘rsatkich biroz pastroq — Antuan Grizmanning narxi 70 million yevroni tashkil etadi. Shuningdek, Pogba ham 70 million yevroga baholanmoqda.
Narxlar “Transfermarkt.de” ma’lumotlari asosida ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi Yevro–2016 final bahsi Sen-Denidagi “Stad de Frans” stadionida, 10-iyul, Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.