O‘zbekiston ichki ishlar vaziri joylardagi bir qator ichki ishlar boshqarma va bo‘limlariga yangi boshliqlar tayinladi. Bu haqda, “Na postu” nashriga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Jumladan, Buxoro IIB boshlig‘i etib podpolkovnik Baxtiyor Saitjanov tayinlandi. U O‘tkir Badalovning o‘rnini egalladi. O‘tkir Badalov, o‘z navbatida, bahorda Navoiy viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari va Zarafshon IIB boshlig‘i etib tayinlangan edi.
Toshkent shahri Yakkasaroy tumani IIB boshlig‘i etib podpolkovnik Vohid Mirzayev, Xorazm viloyati Bog‘ot tumani IIB boshlig‘i etib esa podpolkovnik Bunyod Rajapov tayinlandi.
Bundan tashqari, Qorapalpog‘istonda o‘zgarishlar sodir bo‘ldi — Qorao‘zak tumani IIB boshlig‘i etib podpolkovnik Salavat Kazbekov, Xo‘jayli tumani IIB boshlig‘i etib esa mayor Timurbek Doshumbayev tayinlandi.
Izoh (0)