AQShning Texas shtatidagi Xyuston shahrida 8-iyul, juma kuni kichik samolyotning qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Associated Press agentligiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Bortida to‘rt kishi bo’lgan bir motorli shaxsiy Piper PA-32 samolyoti West Houston aeroporti yaqinidagi o‘rmonga quladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot havoga ko‘tarilganidan so‘ng uning dvigateli ishdan chiqqan. Samolyot parchalari ba’zi uylarning yaqinidan topilgan.