Indoneziyaning Yava orolida vujudga kelgan ulkan tirbandlikda qolib ketgan 12 kishi suvsizlik va charchoq tufayli olamdan o‘tdi. Minglab haydovchilar bir necha kun davomida tirbandlikda turdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Yo‘l harakatidagi muammolar iyulning ilk kunlarida, Ramazonning oxirida boshlandi. 2-iyulga kelib Jakartadan Tegalga boradigan yo‘lda harakat amalda to‘xtadi.
20 kilometrga cho‘zilib ketgan tirbandlik besh kundan so‘ng, 7-iyulda bartaraf etildi.
Yuqorida tilga olingan 12 kishi asosan keksa yoshdagi insonlar bo‘lib, dastlabki uch kunda olamdan o‘tdi. Politsiya qurbonlar soni 18 kishiga yetishi mumkinligini aytmoqda.
Izoh (0)