Rossiya antidoping agentligi (RUSADA)ning “Match TV” telekanaliga kelgan xatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rossiyaning “Krasnodar” futbol klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov 1980-yilda tug‘ilgan deb ko‘rsatilgan.
“Krasnodar” jamoasi futbolchilari Odil Ahmedov (O‘zbekiston) va Ragnar Sigurdssonning (Islandiya) doping namunalari 2014-yilning 18-avgust kuni Antidoping markaziga borib tushgan. Ahmedov namunalarida taqiqlangan geksarelin moddasi borligi gumon qilingan. Ammo takroriy tahlil o‘zbekistonlik futbolchi namunalarida taqiqlangan preparatlar yo‘q ekanini ko‘rsatdi.
17-iyun kuni Rossiya antidoping agentligi (RUSADA) mamlakat sport vaziri Vitaliy Mutkoning “Rostov” – “Krasnodar” o‘yinidan keyingi doping-test natijalari so‘roviga binoan javob yo‘lladi. Unda ham Ahmedov va Sigurdsson probalarida taqiqlangan moddalar bo‘lmaganligi tasdiqlandi.
E’tiborga molik tomoni shundaki, RUSADAning xatida Odil Ahmedov 1980-yilning 25-noyabrida tug‘ilgan deb ko‘rsatilgan. Aksariyat manbalarda o‘zbekistonlik futbolchi 1987-yilning 25-noyabrida tug‘ilganligi qayd etilgan.
Izoh (0)