2017-yilda Buyuk Britaniya NATOning sharqiy sarhadlariga — Estoniya va Polshaga 650 nafar harbiy xizmatchi yo‘llaydi. Bu haqda, The Times nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
2017-yildan Estoniyada 500, Polshada 150 harbiy joylashtiriladi. Bu kuchlar jangovar operatsiyalarni bajarishga layoqatli bo‘ladi.
Keyinroq Birlashgan Qirollik NATO tez ta’sir kuchlariga boshchilik qila boshlaydi. Spearhead Forces (“Nayza uchi qo‘shilmalari”) nomi bilan mashhur bu kuchlarning asosini 3 ming nafar britaniyalik harbiy tashkil etadi.
Izoh (0)