Tayvan poytaxti Taybey metrosida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda, CCTV telekanaliga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Voqea Sunshan stansiyasida sodir bo‘ldi. 21 kishi jarohat oldi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi. Ayni paytda huquq-tartibot xodimlari portlash sabablarini o‘rganmoqda.
The Straits Times nashrining bildirishicha, politsiya 40 yosh atrofidagi erkakni qidira boshladi. Guvohlarning ko‘rsatmalaridan u portlashdan biroz oldin metro vagonida sumka tashlab ketgani aniqlandi.