AQShning Minnesota shtatidagi Folkon-Xayts shahrida politsiyachi qora tanli erkakni otib tashladi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “TASS” deb xabar bermoqda.
Mahalliy vaqt bilan soat 21:00 da yo‘l politsiyachi xodimlari 32 yoshli Filando Kastilening mashinasini to‘xtatdi. Birozdan so‘ng politsiyachilardan biri unga qarata o‘q uzdi. Erkak shifoxonaga yetkazilib, o‘sha yerda olamdan o‘tdi.
Bir muddatdan so‘ng mahalliy Minneapolis Star nashri erkakning shaxsini aniqladi.
Kastile bilan birga mashinada bo‘lgan ayol voqea aks etgan videoni YouTube’ga joylashtirdi. Videoda yarador erkakni ko‘rish mumkin. Shundan so‘ng ayol bo‘lgan voqeani gapirib beradi: uning aytishicha, politsiya gabarit chiroqlari o‘chirilgani bois mashinani to‘xtatgan. Kastile cho‘ntagidan hujjatlarini olishga harakat qilayotgan paytda politsiyachi unga qarata o‘q uzgan.
“U politsiyachini quroli borligidan ogohlantirdi, lekin hamyonini cho‘ntagidan olishini aytdi, shunga qaramay, politsiyachi darhol uning qo‘liga o‘q uzdi”, — deydi ayol.