Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Iroqdagi harbiy operatsiyani yoqlab ovoz bergan parlament a’zolari buning uchun javobgar ekanligini aytib o‘tdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Uning fikricha, bu parlamentariylar jazoga tortilishi lozim.
Ilgariroq maxsus komissiya mamlakat hukumatining AQSh va Britaniyaning Iroqqa kirishi paytidagi xatti-harakatlarini o‘rganib chiqqani ma’lum bo‘ldi. Komissiya Toni Bler boshchiligidagi hukumat Iroqqa hujumni boshlab xatoga yo‘l qo‘ygan, degan xulosaga keldi.