General Motors va Shvetsiyaning Bioservo kompaniyasi GM 2012-yilda NASA bilan birgalikda ishlab chiqqan RoboGlove robotlashgan qo‘lqopini fuqarolik variantini tayyorlash yuzasidan urinishlarini birlashtirdi. RoboGlove yangi ko‘rinishi GM zavodlari yoki bemorlarni tiklash jarayonida foydalanilishi mumkinligi bildirilmoqda, deya xabar beradi Motor.
Bioservo ham 2012-yilda robotlashgan qo‘lqopini taqdim etgandi. Loyiha SEM (Soft Extra Muscle — “yumshoq qo‘shimcha mushak”) deya nom oldi. Sensorlar bilan jihozlangan qo‘lqop barmoqlar harakatiga munosabat bildiradi va ryukzak tariqasida olib yurish mumkin bo‘lgan kichik boshqaruv bloki yordamida insonga u yoki bu buyumni ushlab turishda kamroq kuch sarflash imkonini beradi.
GM va NASA ham o‘z loyihalarida shunday yechimni qo‘llagan, biroq Bioservo’dan farqli ravishda, ularning mexanik qo‘lqopi tuzilishi jihatidan murakkabroq bo‘lib chiqdi. Endi avtokonsern RoboGlove yumshoq, ixcham va kamxarj bo‘lishi uchun kompaniya tajribasidan foydalanish niyatida. Robotlashgan qo‘lqop ommaviy tarzda paydo bo‘lishi istiqbollari ma’lum qilinmadi. General Motors dastlab ularni o‘z ishchilarida sinovdan o‘tkazishni mo‘ljallamoqda.