Germaniya kansleri Angela Merkel shu yil 13—14-iyul kunlari Almazbek Atambayev taklifiga binoan Qirg‘izistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda K-News xabar bermoqda.
Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmatiga ko‘ra, tashrif doirasida Merkel va Atambayev Germaniya hamda Qirg‘iziston o‘rtasidagi hamkorlikning joriy holati va uni yanada chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qiladi.
“Yetakchilar xalqaro va mintaqaviy kun tartibiga oid dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadi. Muzokaralar yakuni bo‘yicha Atambayev va Merkel ishtirokidagi matbuot anjumani ko‘zda tutilgan”, —deyiladi matbuot xizmati xabarida.