Fransiyadagi gospitallardan birida ikki marta portlash ro‘y berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, portlashlardan oldin yong‘in boshlangan. Hozirda xodimlar va bemorlar evakuatsiyasi o‘tkazilmoqda.
Voqea joyiga qutqaruvchilar yetib kelgan. Voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.