Facebook borish qiyin manzillardagi aholini internetdan foydalanish imkoniyati bilan ta’minlash maqsadida OpenCellular simsiz aloqa nuqtasini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “TASS”.
Qurilma og‘ir iqlim sharoitlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, energiya manbai sifatida akkumulyatorlar, quyosh batareyalari va elektr tarmoqlaridan foydalanish mumkin. Facebook yetakchisi Mark Sukerbergga ko‘ra, bitta OpenCellular qurilmasi 1,5 ming kishini internetga ulash uchun kifoya qiladi.
Kompaniya shu yil yozda amaliyotda qo‘llanishi boshlanadigan OpenCellular moliyaviy jihatdan kamxarj ekanligini ta’kidlamoqda, biroq qurilmalarning narxi va qay tarzda tarqatilishiga aniqlik kiritilmagan.