Dunyodagi eng yirik yogurt ishlab chiqaruvchisi — Danone tabiiy mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan WhiteWave Foods kompaniyasini sotib oldi. Bu haqda, kompaniya bayonotiga asoslanib, “RBK” xabar qilmoqda.
Shartnoma qiymati 12,5 milliard dollarni tashkil etdi. Danone ijrochi direktori Emmanuel Faber bu kompaniyaning oxirgi o‘n yil ichidagi eng yirik xaridi bo‘lganini e’tirof etdi.
Investorlar Danone’ning bayonotini ijobiy qabul qildi. Kompaniya aksiyalari qiymati 5,8 foizga oshdi.
WhiteWave Foods kompaniyasiga 1977-yilda asos solingan. U ekologik toza oziq-ovqat va ichimlik ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.