Buyuk Britaniya dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari reytingidagi beshinchi o‘rinni Fransiyaga bo‘shatib berdi. Bu haqda Reuters ma’lumotlariga tayanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Bunga mamlakatning Yevroittifoqdan chiqishi arafasida funt sterling kursi zaiflashgani sabab bo‘lgani bildirilmoqda. Xalqaro valyuta jamg‘armasi Buyuk Britaniya yalpi ichki mahsulotini o‘tgan yili 1,864 trillion funt sterlingga baholagandi.
Dunyoning eng yirik iqtisodiyotlari reytingini AQSh boshqarmoqda. Ikkinchi o‘rinda Xitoy, uchinchida Yaponiya va to‘rtinchi o‘rinda Germaniya qayd etilgan.