Argentina sudyasi Klaudio Bonadio mamlakat Markaziy bankidagi firibgarliklar haqidagi ish yuzasidan respublika sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirshnerning mol-mulkini xatladi, deya xabar bermoqda “TASS”.
Ish qo‘zg‘atilgani va unga qo‘yilgan cheklovlar haqidagi xabarnomani olish, shuningdek, o‘ziga tegishli mol-mulk ro‘yxatini topshirish uchun Fernandes de Kirshner sud qarshisida namoyon bo‘ldi.
Binoga kirishda Kirshnerni uning yuzlab tarafdorlari qarshi oldi.
Eslatib o‘tamiz, may oyida Argentina Federal sudi noqonuniy boyishda gumonlanayotgan mamlakatning sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirshnerga qarshi ish ochgan edi.
Sudda ish ochilishiga deputat va prezidentlik lavozimiga sobiq nomzod Margarita Stolbiserning shikoyati asos bo‘lgan. Stolbiserning ta’kidlashicha, Kirshner oilasiga qarashli ko‘chmas mulk bitimlari bilan shug‘ullanuvchi Los Sauces kompaniyasi pul o‘zlashtirishga aloqador bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, deputat kompaniya faoliyatidagi ba’zi hujjatlar qalbakilashtirilgan deb hisoblamoqda.