Italiyaning sobiq bosh vaziri, iyun oyida yurak operatsiyasini boshdan kechirgan Silvio Berluskoni 5-iyul, seshanba kuni Milanning San-Raffaele shifoxonasidan chiqdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Bu men uchun og‘ir sinov bo‘ldi. Ammo hozir o‘zimni ancha yaxshi his qilyapman”, — dedi u jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.
Berluskoni reabilitatsiya kursini uyda davom ettirishini va siyosat sahnidan ketmasligini bildirdi.
Izoh (0)