Angliyaning “Manchester Yunayted” futbol jamoasi joriy transfer oynasida oldida turgan to‘rt vazifadan uchtasini bajarib bo‘ldi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo bayonot berdi, deb yozmoqda “TASS”.
“Biz to‘rt pozitsiyaga to‘rt futbolchi sotib olish maqsadini oldimizga qo‘ydik, bu jamoada muvozanatga erishish va o‘yin sifatini oshirishga turtki bo‘lishi lozim. Men maydonda aniq vazifa bajaradigan futbolchilarni yaxshi ko‘raman. O‘z o‘yin uslubimga sodiqman, shu bois bunday sportchilarga muhtojman. Biz to‘rtta transfer vazifasini oldimizga qo‘ydik, hozircha to‘rtinchisi yetishmayapti, ammo buning ustida ishlayapmiz”, — dedi u matbuot anjumanida.
“Manchester Yunayted” joriy transfer oynasida “Vilyarreal”dan himoyachi Erik Bayini, “Borrusiya”dan yarim himoyachi Genrix Mxitaryanni hamda erkin agent sifatida hujumchi Zlatan Ibragimovichni xarid qildi.